Yangi O‘zbekistonda TATU yoshlari – Bir maqsad va bir g‘oya yo‘lida birlashadi – Samarqand-2025

Yangi O‘zbekistonda TATU yoshlari – Bir maqsad va bir g‘oya yo‘lida birlashadi – Samarqand-2025

 Hozirgina Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari ishtirokidagi Qadimiy va hamisha navqiron Samarqandda 24-26-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostidagi “Yangi O‘zbekistonda TATU yoshlari – Bir maqsad va bir g‘oya yo‘lida birlashadi – Samarqand-2025” forumiga start berildi.

  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi hamda 14-fevral kuni tashkil etilgan Yoshlar bilan muloqot davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillashtirilgan mazkur yirik forum Samarqand shahrida TATU hamda uning hududiy filiallaridan 1000 ga yaqin faol, iqtidorli va sportsevar talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni jamladi.

🟢 Forum doirasida “Team Building”, “Ochiq muloqot”, Sport musobaqalari, “Zakovat”, “TATU lider qizlari – Digital girls” seminar-treningi, “Balli qizlar” tanlovi, “Sumalak sayli”, “Karaoke batl”, “Gulxan shousi” va boshqa bir qator madaniy tadbirlar tashkil etiladi.

 

 

Aloqa

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Samarqand filiali

  • Manzil:Samarqand shahar Ibn Sino ko'chasi 2 A uy
  • Tel: +998 (66) 232 2929
  • Email: info@samtuit.uz

Xarita

Fon sozlamalari


Shirft sozlamalari

A A A
Yuqori