Direktor tabrigi

Direktor tabrigi

 

Filialimizga marhamat!

     Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2 - iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida” PQ-91-sonli qaroriga muofiq tashkil etilgan.
   TATU Samarqand filiali Samarqand, Jizzax va Buxoro viloyatlari uchun Axborot komunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlashga mo‘ljallangan.
    Shu kunga qadar filialimiz Respublika Xalq xo‘jaligiga aloqa va axborotlashtirish sohasi uchun 6049 nafar yuqori malakali yetuk mutaxassis kadrlar, 4 nafar fan doktori va 22 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari tayyorlab berdi.
  Bugungi kunda filialda bakalavriatning 13 ta yo‘nalishi va magistraturaning 7 ta mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda, jumladan, 3691 nafar bakalavriat va 45 nafar magistratura talabalari tahsil olishmoqda.
    Filial professor-o‘qituvchilarining 100 nafari asosiy shtatda faoliyat olib bormoqdalar. Ularning 4 nafari fan doktori, 42 nafari fan nomzodi yoki falsafa doktorlaridir. Ilmiy salohiyat 47.8 % ni tashkil etadi.
Filialda “Kompyuter injiniringi” va “Telekomunikatsiya texnologiyalari va Kasb ta’limi” fakultetlari mavjud bo‘lib, bu fakultetlarda “Axborot texnologiyalari”, “Kompyuter tizimlari”, “Dasturiy injiniringi”, “Axborot xavfsizligi”, “Tabiiy fanlar” va “Telekomunikatsiya injiniringi”, “Raqamli ta’lim texnologiyalari”, “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” va “Tillar” kafedralari tashkil etilgan.
    Filialimizda yuqori malakali dasturchi mutaxassis tayyorlashga, dasturiy mahsulotlar yaratishga va amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor berilmoqda.
   Osiyo va Yevropaning mashhur oliygohlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Filialimiz professor o‘qituvchilari Koreya Respublikasi oliygohlarida malaka oshirmoqdalar va xorijlik professorlar talabalarimizga mobil ilovalar, C++ tili va Linux OS tizimlari fanlari bo‘yicha saboq bermoqdalar.
Filialimiz professor-o‘qituvchilari sizning AKT sohasida yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingiz va Respublikamiz shon-shuhratini dunyoga yoyishingizda bor ilmiy salohiyatlarini va kuch g‘ayratlarini ishga soladilar. Bu yo‘lda sizga tirishqoqlik, matonat, sabr-toqat, omad va zafarlar yor bo‘lsin.

Aloqa

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Samarqand filiali

  • Manzil:Samarqand shahar Ibn Sino ko'chasi 2 A uy
  • Tel: +998 (66) 232 2929
  • Email: info@samtuit.uz

Xarita

Fon sozlamalari


Shirft sozlamalari

A A A
Yuqori