O'quv-uslubiy boshqarma
O'quv-uslubiy bshqarma boshlig‘i
Kurbaniyazov Anvar Saparbayevich
Qabul vaqti: Seshanba-juma (9:00-16:00)
Telefon: 998979276085
E-mail: kurbaniyazov85@gmail.com
Bo’lim uslubchisi:
Ubaydullayeva Maftuna To`lqin qizi
Qabul vaqti: Dushanba-juma (9:00-16:00)
Telefon: +998940819119
E-mail:
Inspektor:
Zarpullayev Uralboy Xudayor o`g`li
Qabul vaqti: Dushanba-juma (9:00-16:00)
Telefon: +998333103357
E-mail:zarpullayevurolboy@gmail.com
O‘quv-uslubiy boshqarma - o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.
O‘quv-uslubiy boshqarma filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.
O‘quv-uslubiyboshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.
O‘quv-uslubiy boshqarmaning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
• Filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, filial tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
• Filialda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
• Filial fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
• O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
• Filial ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va filial Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
• Filial fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va filial ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
• Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;
• Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
• Talabalar davomatini tahlil etish;
• Filial professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
• Filialdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
• Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
• Filialda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
• O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
• Filial fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
• Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
• O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
• Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
• Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;